Qozog‘istonning vaqtinchalik prezidenti e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyev, mamlakat konstitutsiyasida belgilanganidek, Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi, "Nur-atan" partiyasi rahbari, mamlakat konstitutsiyaviy kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadi

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Qozog‘iston Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev vaqtincha prezident sifatida mamlakatni boshqarib turadi.

Patriarx Kirill vruchil orden Sergiya Radonejskogo prezidentu Kazaxstana N. Nazarbayevu - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarbayev iste’foga chiqdi

Nazarboyev seshanba kuni respublika telekanallari efirida xalqiga murojaat qilar ekan, o‘z prezidentlik vakolatlarini topshirish qarorini e’lon qildi.

Ertaga, 20-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da, Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Parlament palatalarining umumiy majlisida qasamod qabul qiladi.

"Prezident saylovlari o‘tkaziladi. Prezident vazifasini vaqtinchalik bajarish vakolati senat spikeri Kasim-Jomart Tokayevga topshiriladi", - deb bayonot qildi Nazarboyev.

U o‘zining prezidentlikdan ketish qaroriga izoh berar ekan, "Mening qarorim oddiy qaror emas. Men mustaqil mamlakatning birinchi prezidenti bo‘lishga musharraf bo‘ldim. Biz sizlar bilan SSSR parchalarida muvaffaqiyatli davlatni bunyod etishga muvaffaq bo‘ldik", - degan so‘zlarni aytgan.

Nursulton Nazarboyev, mamlakat konstitutsiyasida belgilanganidek, Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi, "Nur-atan" partiyasi rahbari, mamlakat konstitutsiyaviy kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0