Mirziyoyev ezgulik ayyomi arafasida 40 kishini afv etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 5 nafarini ayollar, shuningdek, 23 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Navro‘z bayrami arafasida "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan vatuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi Farmonga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

"2019 yil 19-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi", - deyiladi xabarda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered zasedaniyem soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mintaqalar, shaharlar, qishloqlar va odamlarni o‘zgartirayotgan prezident

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 44 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 7 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 11 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 12 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda, 30 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan o‘z oilalari bag‘riga qaytariladi. Shuningdek, 13 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi va 1 nafar shaxs qo‘shimcha jazodan ozod qilindi.

Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 5 nafarini ayollar, shuningdek, 23 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0