Jirinovskiy Nazarboyevdan Qozog‘istondagi "qayta nomlash" jarayonini to‘xtatishni so‘radi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF
Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jirinovskiy Nazarboyevni "prezidentlik nafaqasiga" chiqqani bilan tabriklagan. Jirinovskiyga ko‘ra, bu tufayli, Nazarboyev endi ko‘proq dam olib, yaqinlariga ko‘proq vaqt ajratish imkoniga ega bo‘ldi

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan mamlakat ko‘chalari va shaharlar nomini uni sharafiga qayta nomlash jarayonini to‘xtatishni so‘radi. Jirinovskiy rus tiliga qo‘yilgan cheklavlarni olib tashlashni va lotin tiliga o‘tish jarayonini to‘xtatishni so‘radi.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirishni taklif etdi

Sal oldin Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev mamlakat poytaxti Ostona nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton etib o‘zgartirish taklifini kiritgan edi. Chorshanba kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikki o‘qishda poytaxt nomini o‘zgartirish to‘g‘risida konstitutsiyaga tuzatishlar kiritishni ma’qulladilar.

"Biz siz bilan ikki marta yurtdoshmiz - ikkimiz ham Qozog‘istondan, ikkimiz ham Olma-Otadan. Men siz tug‘ilgan qishloqqa yaqin joylashgan Kaskelen va Chemolgan qishloqlarida ko‘plab marotaba bo‘lganman. Siz Olma-otadagi "yashil bozorni" eslaysizmi, men ham u yerda bo‘lar edim, ehtimol bolalikda biz o‘sha yerlarda bitta vaqtda bo‘lgandirmiz. Bu bizni yaqinlashtirib turadi. Shu munosabat bilan men sizga iltimos bilan murojaat qilayapman: Nursulton Abishevich, Qozog‘istondagi sizning sharafingizga bo‘layotgan qayta nomlanish jarayonini to‘xtatsangiz. Poytaxt nomini o‘zgartirish fikri hatto Mao Szedunning miyasiga kelmagan, uning atrofidagilar Pekin nomini o‘zgartirish masalasini ko‘tarmaganlar", - deyiladi Jirinovskiy tomonidan yozilgan maktubda.

Ostona shahri nomi Nursultonga aylanadigan bo‘ldi >>>

U shuningdek, rus tiliga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qilishga hamda lotin tiliga o‘tish jarayonini to‘xtatishga chaqirgan.

Jirinovskiy Nazarboyevni "prezidentlik nafaqasiga" chiqqani bilan tabriklagan. Jirinovskiyga ko‘ra, bu tufayli, Nazarboyev endi ko‘proq dam olib, yaqinlariga ko‘proq vaqt ajratish imkoniga ega bo‘ldi.

Siyosatchi, shuningdek, LDPRning bir guruh deputatlari bilan Qozog‘istonga borib, Nazarboyev bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0