22:00 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi (9)
61110

Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha imzolangan hujjatlar almashildi.

TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida 10 milliard dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralardan soʻng ikki tomonlama imzolangan hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. 

Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha imzolangan hujjatlar almashildi. Umuman, tashrif doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishilgani maʼlum qilindi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i naslednыy prints Abu-Dabi Muxammed ben Zayd Al Naxayyan

Shundan soʻng, prezident Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Samimiy muloqot chogʻida siyosat, investitsiya, xavfsizlik sohalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika va infratuzilma yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish, fan-texnologiya va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. 

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi (9)

Asosiy mavzular