Dubay amiri Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida o‘zbek tilida tvit yozdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE, emirom Dubaya Sheyxom Muxammadom bin Rashidom Al Maktumom
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE, emirom Dubaya Sheyxom Muxammadom bin Rashidom Al Maktumom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi doirasida 10 milliard dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Birlashgan Arab Amirligi vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda o‘zbek tilida tvit yozdi.

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, - deb yozilgan tvitda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi doirasida 10 milliard dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi.

Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0