Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi samarali bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zavershil ofitsialniy vizit v OAE
Shavkat Mirziyoyev zavershil ofitsialniy vizit v OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE, emirom Dubaya Sheyxom Muxammadom bin Rashidom Al Maktumom - Sputnik O‘zbekiston
Dubay amiri Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida o‘zbek tilida tvit yozdi

O‘zbekiston rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi. 

O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0