06:10 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kasыm-Jomart Tokayev

Tokayev Qozogʻiston tashqi siyosati oʻzgarmasligini maʼlum qildi

Kazakh Presidential Press Service/Handout via REUTERS
Siyosat
Havola olish
Nursulton Nazarboyev oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqdi (21)
16110

Qozogʻiston joʻgʻrofiy joylashuvi va geoiqtisodiyoti tufayli koʻpvektorli siyosat olib borishi lozim, degan Tokayev

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Koʻpvektorli siyosat oldingidek Qozogʻiston diplomatiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi, deb bayonot qildi Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev "Yegemen Kazaxstan" va "Aykыn" nashrlariga bergan intervyusida. 

"Qozogʻistonning joʻgʻrofiy joylashuvi va mamlakat geoiqtisodiyoti koʻpvektorli siyosat olib borishni taqazo etadi. Bu koʻp yillik strategik yoʻnalishdir. Qozogʻistonning birinchi prezidenti mustaqillikka erishilgan paytdan boshlab shu siyosatga tayanib ish yuritgan", - degan yangi davlat rahbari.

Siyosatchi, aynan shu strategiya Qozogʻistonga davlatlararo va regional inqirozlarga roʻbaro kelmaslikda yordam berganini eslatib oʻtdi. Aynan shu strategiya tufayli Qozogʻiston tinchlikparvar faoliyat olib boruvchi, tinch siyosatga ega davlat sifatida qabul qilinib kelmoqda.

"Qozogʻiston oʻz tashqi siyosatida Rossiya, Xitoy, Yevropa, AQSH, Markaziy Osiyo va islomiy davlatlar bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratadi. Qozogʻiston shuningdek, qator integrallashuv uyushmalar tashabbuskoridir. Shu yoʻnalishda izchillik saqlanib qoladi, bizning siyosatimiz oʻzgarmaydi", - deb qayd etgan Tokayev.

Qayd etib oʻtamiz, Kasim-Jomart Tokayev bir necha marotaba Qozogʻiston TIVga rahbarlik qilgan, shuningdek, BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, Jenevadagi BMT boʻlimi Bosh kotibi va Qurolsizlantirish boʻyicha anjumanda BMT Bosh kotibi vakili sifatida faoliyat yuritgan. Qurolsizlantirish boʻyicha anjumanda Bosh kotib lavozimini egallagan. SHHT va MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi Raisi etib saylangan.

Qozoq, rus, xitoy, ingliz va frantsuz tillarini mukammal biladi.

Mavzu:
Nursulton Nazarboyev oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqdi (21)

Asosiy mavzular