02:39 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
59910

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

TOSHKENT, 11 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019 yil 14 aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayevning Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishganidan ilk bor uchrashadilar. 

Tor va kengaytirilgan tarkibda oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. 

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadilar. 

Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini qabul qilish, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Prezidentlar qoʻshni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan Oʻzbekiston yilining mantiqiy davomi boʻladigan Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar. Mazkur yil tadbirlari Qozogʻiston sanʼat ustalarining kontserti bilan boshlanadi.

Asosiy mavzular