13:24 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Kasыm-Jomart Tokayev

Tokayev nima uchun Toshkentga kelmoqda - rossiyalik ekspert

REUTERS / Mukhtar Kholdorbekov
Siyosat
Havola olish
189730

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Tahlil markazi direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazantsev Qozogʻiston prezidentining Toshkentga tashrifi haqida Sputnikga oʻz fikrlarini bildirdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida ishonchli munosabat oʻrnatilgan. Ehtimol, Kasim-Jomart Tokayev bu anʼanani saqlab qolishni xohlamoqda.

Oʻzbekiston aholi soni jihatidan mintaqada eng katta davlat hisoblanib, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan. Oʻzbekiston ishtirokisiz hech qanday mintaqaviy hamkorlik boʻlishi mumkin emas.

Qozogʻiston siyosati har doim Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga asoslangan, shu bilan Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun zamin yaratadi. Boʻlmasa Qozogʻiston va qoʻshni davlatlar bilan koʻplab iqtisodiy muammolarni hal qilish mumkin emas. Shuningdek, xavfsizlik bilan bogʻliq muammolari – u yerda koʻp narsa bor: diniy aqidaparaslik, kontrabanda va narkotiklar.

Ekspertning fikriga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida munosabatlar rivojlanishi hech kimga xalaqit qilmaydi. Misol uchun, agar Yevropada Qozogʻiston prezidentining Rossiyaga tashrifini juda diqqat bilan kuzatishgan boʻlsa, qoʻshni Oʻzbekistonga tashrif esa xotirjamlik bilan qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019 yil 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi.

Davlat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayevning Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishganidan ilk bor uchrashadilar. 

Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini qabul qilish, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Ekspertning toʻliq izohini  rus tilida radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular