23:33 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
32610

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida hamkorlikning turli sohalariga oid oʻnga yaqin hujjat imzolandi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Qozogʻiston muloqoti samimiy va amaliy ruhda oʻtdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi  hamkorlikning turli sohalariga oid oʻnga yaqin hujjat imzolandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qoʻshma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum  va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolangan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2019-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Qozogʻiston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum qabul qilingan.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetkaziladi

Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga intilishi qatʼiy ekanini koʻrsatdi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular