13:01 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

London Toshkentning Afgʻoniston boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi

© Sputnik / RIA Novosti
Siyosat
Havola olish
61 0 0

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Alan Dunkanni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018 yili oʻzaro savdo oldingi yilga nisbatan 37%ga oʻsib, 235,9 million AQSH dollarini tashkil etdi, Buyuk Britaniya Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi boʻyicha 5-oʻrinni egalladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019 yilda oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashish chogʻida Afgʻoniston muammosiga alohida eʼtibor qaratildi.

“Britaniya tomoni afgʻonlararo tinchlik muloqotiga koʻmaklashish va Afgʻonistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan, Oʻzbekiston taʼlim muassasalari amaliyotida tegishli standartlar va tajribani qoʻllash masalalari ham koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular