03:56 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
756 0 0

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi.

TOSHKENT, 18 apr - Sputnik. Oʻzbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi”, - deyiladi xabarda.

Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18 aprelya pribыl v Uzbekistan s gosudarstvennыm vizitom
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18 aprelya pribыl v Uzbekistan s gosudarstvennыm vizitom

Xabarda yozilishicha, bugun Koreya Respublikasi prezidenti Oʻzbekiston Bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.

Oʻzbek va koreys xalqlari azaldan yaqin va oʻxshash - Koreya prezidenti

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19 aprel kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Janubiy Koreya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Qayd etilishicha, imzolash uchun salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida alohida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular