16:10 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Gosudarstvennыy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida imzolangan hujjatlar roʻyxati

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
622 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublika prezident Mun Chje In tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublika oʻrtasida alohida strategik sheriklik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya imzolandi.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya muzokaralari yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi oʻtkazildi.

Oʻzaro hamkorlikka doir hujjatlar imzolash marosimida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida erkin savdo bitimi tuzishni oʻrganish boʻyicha qoʻshma tadqiqot qilish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi;

- Mudofaa texnologiyalarni xavfsizligini taʼminlash yuzasidan maslahatlashuv toʻgʻrisida anglashuv memorandumi;

- Sogʻliqni saqlash sohasida Oʻzbekiston-Koreya hamkorlik markazini tashkil etish va faoliyatini koʻrsatish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi;

- Fazoni tadqiq etish va undan tinchlik maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi;

- Fan va texnologiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi;

- Ikki yoqlama soliq solinishi oldini olish va daromad va sarmoya soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida qoʻshimcha konventsiyaga protokol;

- Oʻzbekiston hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati oʻrtasida investitsiyalarni rahbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublika prezident Mun Chje In tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublika oʻrtasida alohida strategik sheriklik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya imzolandi.  

Bundan tashqari, mazkur tashrif doirasida maktabgacha taʼlim, mehnat va bandlik, adliya, qishloq xoʻjaligi, kapital bozorni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznes, oʻsimliklar karantini sohalarida, shuningdek, ikki mamlakat savdo va sanoat palatalari qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.  

Asosiy mavzular