Rossiya elchisi O‘zbekistondagi Rus madaniy markazini yubiley sana bilan qutladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVladimir Turdenev
Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda markaz tomonidan kam ta’minlangan kishilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni baynalminal ruhda tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Markaz qoshida "Yosh avlod" bo‘linmasi faoliyat yuritadi

TOShKENT, 19 apr - Sputnik. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev bugun poytaxtda bo‘lib o‘tgan rossiyalik vatandoshlar birinchi mintaqaviy anjumanida shu kunlarda 25-yillik yubileyini nishonlayotgan rus madaniy markazini qutladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Chorak asr davomida O‘zbekistonda rus xalqi madaniyati, an’analari va tilini saqlab qolish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan hamda eng obro‘li jamoatchilik tashkilotlaridan biriga aylanishga muvaffaq bo‘lgan ushbu markaz rahbariyatini muborakbod etishni xohlardim", - dedi elchi o‘z tabrik nutqida.

"Moskva vatandoshlar uyi" rahbari Potr Gladkov esa tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Rus madaniy markazi raisi Sergey Mironovga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredsedatelyu Russkogo kulturnogo sentra Uzbekistan Sergeyu Mironovu bilo vruchena palexskaya miniatura i gramota o blagodarnosti ot "Moskovskogo doma sootechestvennikov"
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi Rus madaniy markazini yubiley sana bilan qutladi - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatelyu Russkogo kulturnogo sentra Uzbekistan Sergeyu Mironovu bilo vruchena palexskaya miniatura i gramota o blagodarnosti ot "Moskovskogo doma sootechestvennikov"

Eslatib o‘tamiz, Rus madaniy markazi 1994-yilda tashkil topgan bo‘lib, joriy yilda 25-yillik yubileyini nishonlamoqda. Uning hududiy bo‘linmalari nafaqat rus xalqi, balki boshqa ko‘plab millatlar vakillarini birlashtirib turadi. Xohlovchilar bu markazda rus tili va tarixi, adabiyoti, rus an’analari va urf-odatlarini o‘rganishlari mumkin.

Bugungi kunda markaz tomonidan kam ta’minlangan kishilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni baynalminal ruhda tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Markaz qoshida "Yosh avlod" bo‘linmasi faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0