Kim Chen In va Putinning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s liderom KNDR Kim Chen Inom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s liderom KNDR Kim Chen Inom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. Bugun ertalab Vladivostokda Putin va Kim Chen Inning muzokaralari boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

- Prezidentlar o‘zlarining birinchi muzokaralarini yakkama-yakka muloqotdan boshlashdi, - deyilgan xabarda.

Vladimir Putin Kim Chen Inni Koreya rahbari etib qayta saylangani bilan tabrikladi va uchrashuvdan mamnunligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti ushbu ikki davlat munosabatlarining rivojlanishi va yadroviy muammoni hal qilishga yordam berishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya yarim orolidagi vaziyat haqida fikr almashishga va Rossiya prezidenti bilan unumli muzokaralar o‘tkazishdan umid qilayotganini xabar qildi.

Lider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In Rossiyada qaysi masalalarni muhokama qiladi?

Rossiya va Koreya yetakchilarining muzokaralari Primorye o‘lkasidagi Russkiy orolidagi Uzoq Sharq Universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng ikki davlat delegatsiyalari orasida kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bu Kim Chen Inning Koreya rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrifdir. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladivostokka kecha 24-aprel kuni 230 kishilik delegatsiya bilan yetib kelgan edi.

Shimoliya Koreya rahbari Rossiyaga tashrifini zirhlangan poyezdda amalga oshirmoqda. Ushbu poyezdni Kim Chen Inning bobosi, KXDRning birinchi yetakchisi, Kim Ir Senga Iosif Stalin sovg‘a qilgan. Kim Chen Inning zirhlangan poyezdi haqida ma’lumot uncha ko‘p emas, lekin shunisi aniq-ki, ushbu poyezd granatomet, gaz hujumi va havo hujumidan himoyalangan. Poyezd tarkibida vagon-garaj, 2ta restoran, majlislar xonasi, qo‘riqchilar xonasi, elektr stansiya bor. 

Yangiliklar lentasi
0