14:17 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Debatы Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione Olimpiyskiy v Kiyeve

Poroshenko Zelenskiyning inauguratsiya marosimini buzmoqchi - OAV

VALENTYN OGIRENKO
Siyosat
Havola olish
455 0 0

Saylov rasmiy natijalari 30 aprel kuni eʼlon qilinishi, inauguratsiya esa 3 iyungacha boʻlib oʻtishi kerak.

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Petr Poroshenko tarafdorlari Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya  marosimini buzmoqchi, deb xabar qilmoqda Strana.ua nashri.

Buning uchun Poroshenko jamoasi Ukraina Konstitutsion sudi rahbari Stanislav Shevchukni isteʼfoga chiqarmoqchi. Ukraina qonunlariga muvofiq yangi saylangan prezident vakolatlarini inauguratsiya marosimida Konstitutsion sud rahbari qabul qiladi. Agar ushbu lavozimda hech kim boʻlmasa, yangi rahbar tayinlanguniga qadar, inauguratsiyani kechiktirishga toʻgʻri keladi.

Ukraina qonunlariga koʻra, Konstitutsion sud rahbarini hech kim lavozimidan boʻshatish huquqiga ega emas. U faqat sudya maqomini yoʻqotganda ishdan ketishi mumkin.

Xabarda aytilishiga koʻra, Poroshenko jamoasi Konstitutsion sud rahbari Stanislav Shevchukni sudya maqomidan mahrum qilish uchun muhokama va ovoz berishni 25 aprelga moʻljallagan.  Lekin buning uchun Shevchuk bir necha barobar qoʻpol qoidabuzarliklar amalga oshirgani va oʻz majburiyatlarini doimiy ravishda bajarmagan  boʻlishi kerak.  

Nashr yozishicha, Shevchuk haqida taaluqli hujjat allaqachon tayyorlangan. Uni sudyalik maqomidan mahrum qilish uchun Konstitutsion sudning 18 aʼzosidan 12 nafari ovoz berishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yakshanba kuni boʻlib oʻtgan Ukraina prezident saylovida aktyor Vladimir Zelenskiy Poroshenkodan salkam 3 baravar koʻp ovoz toʻpladi – 73 %. Saylov rasmiy natijalari 30 aprel kuni eʼlon qilinishi, inauguratsiya esa 3 iyungacha boʻlib oʻtishi kerak.

Asosiy mavzular