20:10 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova

Sergey Lavrov Toshkentda qaysi masalalarni muhokama qiladi?

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
380 0 0

Ikkinchi may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. 2019-yilning 2 may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Rossiya TIV rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

“Tashrif dasturiga koʻra Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar oʻtkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan Oʻzbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni taʼminlash masalalari, jumladan Afgʻonistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga koʻmaklashish yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek, 3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular