07:52 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Goroda mira. Parij

Oʻzbekiston va Frantsiya oʻrtasida aviaqatnovlar toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Siyosat
Havola olish
63 0 0

Bitim ikki davlatning belgilangan aviatashkilotlari oʻrtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. 2019 yilning 1 maydan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Frantsiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2016 yil 20 iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan Aviaqatnovlar toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, bitim ikki davlatning belgilangan aviatashkilotlari oʻrtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

Hujjat qoidalariga koʻra, har bir tomonning belgilangan aviatashkilotlari ikkinchi davlat hududida kelishilgan punktlarda qoʻnishni amalga oshirish va ularning hududlaridan qoʻnmasdan uchib oʻtish uchun tegishli huquqlardan foydalanadi.

“Oʻzbekiston va Frantsiya oʻrtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida bitimda aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni taʼminlovchi va bojxona yigʻimlari, soliq va boshqa toʻlovlardan ozod etuvchi imtiyozlar oʻzarolik asosida taqdim qilish koʻzda tutilgan”, - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bitimda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya tashkilotlari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahslarni hal etish meʼyorlari hamda oʻzaro hamkorlik qilishning boshqa shartlari belgilab qoʻyilgan.

Xabarda mazkur bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi va oʻzaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga koʻmaklashishi qayd etilgan.

Asosiy mavzular