16:20 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pidjak na kresle

Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Siyosat
Havola olish
916 0 0

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. 2019 yil 1 may kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. 

OʻzAning xabar qilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Toʻra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qilgan.

“Xalq deputatlari qoʻllab-quvvatloviga koʻra Toʻra Bobolov viloyati hokimi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Toʻra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat boʻlib, belgilangan vazifalarni toʻla bajarishiga ishonch bildirilgan.

T.Bobolov 1970 yilda tugʻilgan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Poʻlatov mahalliy aholi bilan xayrlashgani haqida xabar qilgan edik. Toʻra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.

Asosiy mavzular