19:51 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra

Mirziyoyev Oʻzbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi bilan tanishdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
268 0 0

Koʻchma kinoteatr MAN avtomobili negizida ishlab chiqilgan, isitish va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan. Tomoshabinlar filmlarni Dolby 5+1 tovush tizimi bilan 2D va 3D formatlarida tomosha qilishi mumkin

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. “Kinomobil” – Oʻzbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Uning tashabbuskori  Cinema  Servis MCHJ boʻlib, loyiha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, koʻchma kinoteatr MAN avtomobili negizida ishlab chiqilgan, isitish va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan. Tomoshabinlar filmlarni Dolby 5+1 tovush tizimi bilan 2D va 3D formatlarida tomosha qilishi mumkin. Mobil kinoteatr 30 daqiqa ichida ishga tushadi hamda 80 kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. 

Uzoq qishloqlarda kino koʻrsatish uchun koʻchma kinoteatr ishlab chiqildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat hududlarida zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini barpo etish loyihasi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi. Prezident mutasaddilarga qurilish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «ZIF Textile» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni koʻzdan kechirdi, mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

Korxona joriy yilda 29 million dollardan ziyod qiymatdagi bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim ishlab chiqarib, 8,8 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirgan. 2021 yilda korxonaning yillik quvvati qariyb 50 million dollarga yetkazilib, 34,7  million dollarlik eksport moʻljallanmoqda.

  • Mirziyoyev oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra
    Mirziyoyev oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
  • Mirziyoyev oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra
    Mirziyoyev oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana
  • Prezident oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra

1 / 4
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mirziyoyev oznakomilsya s sovremennыm shveynыm predpriyatiyem i innovatsionnыm proyektom mobilnogo kinoteatra

Qayd etilishicha, shu yerda «Janub textile» MCHJning ip-kalavadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish klasteri hamda Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasini tashkil etish,  Termiz tumanidagi Sulton Saodat ziyoratgohini taʼmirlash va obodonlashtirish, mamlakatning Avstriya, Tojikiston va Afgʻonistondagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid taqdimotlar oʻtkazildi.

Asosiy mavzular