05:52 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
232730

Termizda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari chogʻida Oʻzbekistonning haqiqiy doʻstlari kim ekanini aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Pidjak na kresle
Sputnik / Vladimir Fedorenko

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Mirziyoyev taklifi bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan.

"Haqiqiy ahvolni gapirgan odam bizga doʻst. Uchrashuvimiz hamma masalalarni joy joyiga qoʻyish boʻyicha foydali boʻlsin", - dedi sessiya davomida davlat rahbari.

Prezident foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa boʻladigan tabiiy sharoitga ega, aholisi mehnatsevar Surxondaryo viloyati salohiyatining hali oʻndan biri ham ishga solinmaganini qayd etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat koʻrsatkichidan 2,3 barobar, xizmat koʻrsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini koʻrsatib oʻtildi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 %i ishsiz, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 54 % ekani tanqid qilindi. 

Mirziyoyev sessiya davomida chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi va mahalliy byudjetlar daromadini koʻpaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Asosiy mavzular