13:43 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
222 0 0

Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan taʼminlash va yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan taʼminlash va yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30 aprel - 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Asosiy mavzular