12:41 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
233 0 0

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur qoʻshma korxonada rentgen asbob-uskunalari ishlab chiqariladi. Bu nafaqat mamlakat, balki mintaqada yuqori texnologiyali tibbiy texnika tayyorlaydigan yagona zavod hisoblanadi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi “Listem-Fergana” qoʻshma korxonasini borib koʻrdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, korxona loyihasining umumiy qiymati 8 million dollar boʻlib, yiliga ikki turdagi 300 dona renten apparati ishlab chiqarishga moʻljallangan. Birinchi bosqich doirasida 35 kishi ish bilan taʼminlangan. Yil yakuniga qadar yana yuzga yaqin ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

Maʼlum qilinishicha, “Listem-Fergana”ning rentgen uskunalariga hozirdanoq talab yuqori. Bu yerda ishlab chiqarilgan dastlabki “Smart DR” raqamli rentgen apparati chet ellardagi muqobillaridan uch barobar arzon. Masalan, uning narxi 50 ming dollarni tashkil etadi. “Philips” kompaniyasining shu kabi texnikasi 144 ming dollar, “Siemens» kompaniyasiniki esa 168 ming dollar atrofida baholanadi. 

“Smart DR” rentgen apparatida soatiga 15 mijozni tekshiruvdan oʻtkazish mumkin. Olingan tasvirlar kompyuter xotirasida 5 yilgacha saqlanadi. Bu kasalliklar dinamikasini kuzatishda muhim ahamiyatga ega. Tasvirni internet orqali yuborish ham mumkin. Bu boshqa shifokorlar bilan masofadan turib maslahatlashish imkonini beradi.

Davlat rahbari aholi salomatligini mustahkamlashda toʻgʻri tashxis qoʻyish muhimligi, tibbiy jihozlarni mamlakatda ishlab chiqarish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan yaxshi natija berishini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev endi korxonada mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xodimlar malakasini yuksaltirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Asosiy mavzular