11:42 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Filippin Rodrigo Duterte

Ulkan tarakan nutq soʻzlayotgan Filippin prezidenti ustidan oʻrmaladi - video

© AFP 2018 / ROSLAN RAHMAN
Siyosat
Havola olish
144810

Davlat rahbari vaziyatdan chiqish uchun tarakan muxolifat Liberal partiyasi vakillarining ishi ekanini aytib, hazil qilgan.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Ulkan tarakan senat oldida chiqish qilayotgan Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening ustiga oʻrmalab chiqdi.


Rappler nashri tomonidan eʼlon qilingan kadrlarda prezident oʻz tanasidagi hasharotga eʼtibor qilmagani aks etgan. Oradan bir necha soniya oʻtib, uning oldiga yordamchisi yugurib kelgan va tarakanni bir toʻplam qogʻoz bilan qoqib tushirishga harakat qilgan. Shundan soʻng Dutertening oʻzi tarakanni qoʻl bilan ushlab, olib tashlagan.

Davlat rahbari vaziyatdan chiqish uchun tarakan muxolifat Liberal partiyasi vakillarining ishi ekanini aytib, hazil qilgan.

Asosiy mavzular