18:02 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Strategicheskiy bombardirovщik Boeing B-52H Stratofortress

Eronni "jilovlab turish" uchun Qatarga amerikaning B-52 bombardimoni yetib keldi

CC0 / Robert Sullivan / The youngest Boeing B-52H "Stratofortress"
Siyosat
Havola olish
117710

Shu haftada Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa davlatlariga muzokaralar uchun 60 kun muhlat berganini aytgan edi.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. AQSH HHK Markaziy qoʻmondonligi Qatardagi aviabazaga V-52 bombardimoni yetib kelgani haqida xabar berdi. AQSH Yaqin Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish uchun mintaqada bombardimonlardan iborat operativ guruh safini kengaytirmoqda.

"Los-Anjelesdagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan B-52 Stratofortress bombardimoni 2019 yil 9 may kuni Qatardagi al-Udayd aviabazasiga yetib keldi", - deyiladi qoʻmondonlik rasmiy saytidagi xabarda.

Xabarga koʻra, "Bu samolyot amerika kuchlari va AQShning mintaqadagi manfaatini himoya qilish uchun AQSH Markaziy qoʻmondonligi masʼuliyatli boʻlgan hududda yoyilgan bombardimonchi samolyotlar guruhiga kiradi".

Ilgariroq, AQSH Eron tomonidan tobora oʻsib borayotgan xavf haqida bayonot qilib, mintaqaga aviatashuvchi zarba beruvchi guruh va strategik bombardimonlarni yoʻnaltirgan edi.

Ushbu eskalatsiya Eron hukumatining yadro dasturi toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha "ayrim majburiyatlarni bajarishni toʻxtatish" haqidagi qaroridan soʻng avj olgan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shu hafta yevropa davlatlariga muzokaralar uchun 60 kun muhlat berganini aytgan edi. Tegishli axborot Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga yetkazilgan.

Asosiy mavzular