22:13 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Pismennыy nabor glavы gosudarstva

Toshkent hokimiga oʻrinbosarlar tayinlandi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Siyosat
Havola olish
112 0 0

Toshkent shahar hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Hotambek  Shokirov Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Hotambek  Shokirov 2018 yil dekabrdan buyon Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Hotambek  Shokirov 1970 yil tugʻilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (2002 yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) va Toshkent iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Alimardon Qarshiyev Toshkent hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari  etib tayinlandi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. U Oʻzbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent davlat universiteti)ni tamomlagan.

Asosiy mavzular