10:08 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
m

Oʻzbekiston Fors koʻrfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
350 0 0

TIV xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishga chaqirgan.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil 12 may kuni Fors koʻrfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoraladi.

Amerikanskiye bronetransporterы.
© Sputnik / Oksana Djadan

TIV bayonotida aytilishicha, bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi.

Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishga chaqirgan.

“Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni taʼminlash va oʻz milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi”, - deyiladi TIV bayonotida.

Asosiy mavzular