04:15 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
18810

Shavkat Mirziyoyev Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonga kelgan AQSH delegatsiyasi Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlari hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va taʼlim sohalaridagi kompaniyalari vakillaridan iborat.

Uchrashuvda turli darajalarda aloqalar sezilarli faollashgani, oʻzaro savdo hajmi ikki barobar ortgani, investitsiyalar, agrar majmua, sanoat, transport, turizm va gumanitar almashinuv sohalarida hamkorlik boʻyicha qoʻshma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal delegatsiyu SSHA

Oʻzbekiston bilan Missisipi shtati oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

Qishloq xoʻjaligi, biotexnologiyalar va agrokimyo, oʻsimlikshunoslik, chorvachilik va baliqchilik, toʻqimachilik va logistika sohalarida, avvalo, AQShning ilgʻor texnologiya va bilimlarini joriy etish asosida zamonaviy klasterlar va ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Aniq loyiha va dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama komissiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish xususida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, joriy yil 16-17 may kunlari Navoiy shahrida AQSH va Kanadaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirokida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-AQSH-Kanada biznes forumi ishbilarmon doiralar oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishga xizmat qilishi qayd etildi.

AQSH delegatsiyasi aʼzolari Oʻzbekistonda sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, barcha soha va yoʻnalishlarni qamrab olgan islohotlarning natijadorligiga yuksak baho berdi. Idoralararo muloqotlarni faollashtirish va qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarning Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Asosiy mavzular