01:33 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora korporatsii «Rosatom»

Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
175 0 0

Yangi oʻquv yilidan Toshkentda MMFI milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali oʻz ishini boshlaydi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning "Rosatom" atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarish doirasida ilgʻor texnologiya va bilimlarni jalb etgan holda mamlakatda birinchi atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida "Oʻzatom" agentligi tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha oʻn yilga moʻljallangan kontseptsiya qabul qilingan.

Boʻlajak AES uchun maydon tanlash boʻyicha muhandislik tadqiqotlarining birinchi bosqichi yakunlandi, xalqaro talablarga muvofiq loyihaning atrof-muhitga taʼsiri baholanmoqda va texnik hujjatlar tayyorlanmoqda.

Aholini atom energetikasi va yadroviy texnologiyalarning rivoji toʻgʻrisida keng xabardor qilish maqsadida bugun "Oʻzatom" agentligi binosida Atom texnologiyalari axborot markazi ochildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi oʻquv yilidan Toshkentda MMFI milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali oʻz ishini boshlaydi.

Uchrashuvda mamlakatda qabul qilingan "yoʻl xaritasi" asosida AES qurilishi loyihasini sifatli tayyorlash va amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni davom ettirish masalalari koʻrib chiqilgani qayd etilgan.

Asosiy mavzular