21:59 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Smartfon Huawei P8

AQShda Huawei taʼqiqlandi: mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilgan

© Flickr/ Kārlis Dambrāns
Siyosat
Havola olish
35320

AQSH prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni axborot texnologiyalariga tahdid munosabati bilan "milliy favqulodda holat" tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi

TOSHKENT, 16 may -  Sputnik. Xitoy ishlab chiqaradigan telekommunikatsiya uskunasi boʻlmish Huawei dan endilikda AQShda foydalanish taʼqiqlandi, deb xabar qilmoqda Reuters.

AQSH hukumati elektronika ishlab chiqaruvchiga amerika bozorida oʻz gadjetlarini toʻlaqonli sotishni taʼqiqladi. AQSH hukumatiga koʻra, bu uskunalar barcha maʼlumotlarni xitoy razvedkasiga uzatishi mumkin.

Kompaniya vakili bunga javoban, AQSH tomonidan qoʻllanilayotgan dalilsiz choralar Vashingtonga xavfsizlikka erishishga yordam bermasligini va bundan AQSH kuchliroq boʻla olmasligini, qolaversa endi Amerika yanada qimmatroq va sifat jihatdan ancha past muqobil elektronika moslamalaridan foydalanishga majbur boʻlishini iddao qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni axborot texnologiyalariga tahdid munosabati bilan "milliy favqulodda holat" joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Savdo vaziriga AQSH milliy xavfsizligiga yoxud AQSH fuqarolari xavfsizligiga yoʻl qoʻyib boʻlmas xatarni yuzaga keltiradigan kelishuvlarni amalga oshirish taʼqiqlandi.

Asosiy mavzular