07:01 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Abdulaziz Kamilov Dushanbeda qaysi masalalarni muhokama qiladi?

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
145 0 0

Abdulaziz Kamilov 2019 yilning 17-18-may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 17-18-may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, vazir Tojikiston poytaxtida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferentsiyada va “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, Kamilov mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Tokioda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya vakillari koʻp tomonlama, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport infratuzilmasi va logistikani rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Asosiy mavzular