O‘zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekskie voyennie otrabativayut visadku desanta na poligone "Forish"
Uzbekskie voyennie otrabativayut visadku desanta na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “G‘urumsaroy” poligoni hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Joriy yilning 20—27 may kunlari Namangan viloyatida joylashgan “G‘urumsaroy” poligonida birinchi marta O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida “Jangovar hamdo‘stlik—2019” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Belarus davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “G‘urumsaroy” poligoni hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22—27 aprel kunlari “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston,  Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0