22:18 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Dlya lecheniya i otdыxa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada

Mirziyoyev Xonobod sihatgohini borib tekshirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
180 0 0

Ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yoʻllari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod sihatgohini borib koʻrdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etish joizki, Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 iyunda bu yerga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Dlya lecheniya i otdыxa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Dlya lecheniya i otdыxa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada

Oʻtgan yili bu yerda 180 oʻrinli zamonaviy sihatgoh ishga tushirildi. Davolash binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi. 

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yoʻllari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yoʻlga qoʻyilgan.

Davlat rahbari sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Endi ushbu togʻli hududda yengil konstruktsiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarurligini taʼkidladi. Shavkat Mirziyoyev bu xizmatlar narxini kamaytirib, qamrovni kengaytirish, yana koʻplab odamlarni ish bilan taʼminlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Taʼkidlanishicha, shu yerda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Shuningdek, Xonobod faollari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular