04:11 21 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Kpp na granitse

Bishkekda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev
Siyosat
Havola olish
13510

Uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qoʻshma dala ishlarini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. 13-16-may kunlari Bishkek shahrida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasi delimitatsiyasi boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlari ikki davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash boʻyicha takliflarni muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qoʻshma dala ishlarini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Muzokalar yakunlariga koʻra Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegatsiyalari rahbarlari Toʻlqin Abdullayev va Kanibek Botobayev tegishli protokolni imzoladilar, deyiladi xabarda. 

Navbatdagi uchrashuvni Oʻzbekiston hududida oʻtkazish rejalashtirilgan.

2018 yilning mart oyida Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekiston bilan chegara delimitatsiyasini tezlashtirish topshirigʻini bergan edi. Shundan soʻng bu borada ishlar jadal tus oldi, xususan may oyidagi muzokaralarda davlatlararo chegaraning qolgan uchastkalarni tavsiflash boʻyicha ish davom ettirilib, ikki mamlakat chegara hududlari aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar yangi chegara oʻtkazish punktlarini ochish masalasini koʻrib chiqdilar.

Iyul oyida Oʻsh shahrida oʻtkazilgan uchrashuvda Gʻova uchastkasi va qisman Gʻovasoydan oʻtuvchi chegara chizigʻi belgilangan edi.

Oʻtgan yil avgust oyida shuningdek, Oʻzbekiston va Qigʻiziston teng boʻlakli yer maydonlari bilan almashishi haqida xabar berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarida soʻnggi 10 yil davomida ilk bor ijobiy natijaga Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi. Ayni vaqtda ikki davlat chegarasi delimitatsiyasi ishlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Bosh vazirlari tasdiqlagan reja-grafigi asosida oʻtkazilib kelinmoqda.

Asosiy mavzular