07:43 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Mirziyoyev i Erdogan proveli telefonnыy razgovor

Mirziyoyev Erdoʻgʻon bilan telefon orqali oliy darajadagi uchrashuv jadvalini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
13310

Tomonlar Oliy darajadagi oʻzbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligini alohida taʼkidlab oʻtgan.

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Toyib Erdogʻan boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqdilar, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qilganligi aytilgan.

Suhbat chogʻida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlugʻ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga oʻzlarining qizgʻin tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.

Prezidentlar anʼanaviy doʻstlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yoʻnalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Tomonlar Oliy darajadagi oʻzbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligini alohida taʼkidlab oʻtgan.

Asosiy mavzular