Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida aholining maishiy sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Mirziyoyev viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida aholining maishiy sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shunga muvofiq Andijon shahriga yaqin Xo‘jaobod tumani Xidirsha massividan 54 gektar yer ajratilib, ikki sotixli 220 ta uy, oilaviy poliklinika, bolalar bog‘chasi, mahalla guzari, madaniyat markazi, kutubxona, go‘zallik saloni, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tikuvchilik korxonasi qurildi. Mahallaga “Mustaqillikning 27-yilligi” deb nom berildi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Dilfuza Hojimatova xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoitlari, farzandlari tarbiyasi bilan qiziqdi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane

Yangi mahallada Andijon shahridagi “Feruzbek teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv korxonasi tashkil etilgan. Bu yerda mahalladagi 500 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Prezident korxonada tayyorlanayotgan kiyimlar namunalarini ko‘zdan kechirdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi "Kelajak bolajonlari" maktabgacha ta’lim muassasasini ham kirib ko‘rdi. 165 bola qatnaydigan bog‘chada rus va ingliz tillari, tasviriy san’at, musiqa va sport, chevarlik to‘garaklari tashkil etilgan. Mo‘’jazgina kompyuterlar bolalarni kichik yoshdan axborot texnologiyalariga qiziqtiradi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane

“Mustaqillikning 27-yilligi” mahallasida ikkinchi bosqichda yana 612 ta ikki sotixli uy va 7 ta ko‘p qavatli turar joy, 615 o‘rinli maktab, 160 o‘rinli bolalar bog‘chasi foydalanishga topshiriladi.

Shu yerda Andijon shahri Bosh rejasi asosida amalga oshiriladigan loyihalar, 2019-2020 yillarda 150 ta ko‘p qavatli uy va taunxaus tipidagi kottejlar qurishga oid takliflar haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari uylarni odamlarga ma’qul tarzda va kerakli miqdorda loyihalashtirish, binolar bilan birga kommunikatsiya tarmoqlari ham o‘tkazish  zarurligini ta’kidladi. Uylarni energiya va ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan innovatsion uskunalarni keng qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Madaniyat markazida cholg‘isoz usta Abdumalik Madraimov davlat rahbarining har bir uyda do‘mbira bo‘lishi kerak, degan tashabbusiga muvofiq olib borayotgan ishlari haqida so‘zlab berdi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane
Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev proveril bitovie usloviya jizni v Andijane

Qayd etilishicha, beshta tashabbus asosida viloyatda yoshlarning san’atga qiziqishini oshirish, sport bilan mashg‘ul qilish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga o‘rgatish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0