21:35 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane

Antisanitariya va nuragan devorlar: Mirziyoyev Andijondagi eski mahallada nimalarni koʻrdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
607 0 0

Prezident Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini koʻzdan kechirdi va bunday sharoit xalqqa yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga koʻchirilib, munosib sharoitlar bilan taʼminlanishini taʼkidladi.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini koʻzdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane

Taʼkidlanishicha, shahar markazida joylashgan bu mahallada uylar ichma-ich, tartibsiz qurib tashlangan. Muhandislik tarmoqlari yoʻqligi sabab devorlar nurab, sanitariya holati yomonlashib qolgan edi. 

Davlat rahbari bu ahvol bilan bevosita tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bunday sharoit xalqqa yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga koʻchirilib, munosib sharoitlar bilan taʼminlanishini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane

Shu yerda Andijon shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi. Jumladan, mazkur eski mahalla hududida 9 qavatli 70 ta ta turar joy barpo etish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Davlat rahbariga Andijan sity ishbilarmonlik shaharchasi qurilish loyihasi haqida ham maʼlumot berildi. Qariyb 70 gektar maydonda bunyod etilishi moʻljallangan ushbu shaharcha besh yulduzli mehmonxona, kongress xoll, ofislar, sogʻlomlashtirish va koʻngilochar joylar, restoranlar, 7, 9 va 12 qavatli turar joylardan iborat boʻladi.

Prezident bu shaharcha uzoqni oʻylab, kompleks yondashuv asosida qurilishi, u Andijon uchun namuna, andoza boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Shu boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Asosiy mavzular