08:50 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Kamilov: Oʻzbekiston terrorizm muammosiga qarshi birgalikda kurashga chorlaydi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
249 0 0

Kamilovga koʻra, tobora chigallashib borayotgan terrorizm muammosi Oʻzbekistondan, mintaqa mamlakatlari va xalqaro sheriklardan birgalikda kurashishning taʼsirchan choralarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qilmoqda

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston hukumati, BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan "Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi.

Kamilov oʻz nutqida terroristik faoliyatni moliyalashtirish maqsadida narkotiklarning noqonuniy aylanishi va terrorizm, jumladan pullarni yuvish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning oʻsib borayotganiga alohida urgʻu berilgan Giyohvand moddalarni nazorat qilish borasidagi mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining may oyi boshida Toshkent shahrida oʻtkazilgan 11-uchrashuvi yakunlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

"Oʻzbekiston terrorizm va ekstrimizmga qarshi turish boʻyicha 14 ta xalqaro konventsiya va protokollarni ratifikatsiya qilgan va ularning masʼuliyatli qatnashchisi boʻlib qolmoqda, Respublika terrorizmga qarshi kurashish, xususan uni moliyaviy taʼminlash manbalarini yoʻq qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrmoqda. Biz BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi, Kontrterroristik boshqarmasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli qoʻmitalari bilan terroristlarning harakatlanish kanallarini toʻsish va aktivlarini muzlatish borasidagi amaliy choralarni roʻyobga chiqarish doirasida yaqin hamkorlik qilmoqdamiz" – dedi Abdulaziz Kamilov.

TIV rahbariga koʻra, tobora chigallashib borayotgan terrorizm muammosi Oʻzbekistondan, mintaqa mamlakatlari va xalqaro sheriklardan terroristik faoliyatni moliyalashtirish va uni qoʻllab-quvvatlashning boshqa yoʻllariga qarshi birgalikda kurashishning taʼsirchan choralarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni talab qilmoqda.

Yuqori darajali xalqaro konferentsiya ishida Markaziy Osiyo davlatlari, mintaqaga chegaradosh mamlakatlar, Osiyo va Yevropa davlarlari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar vakillari ishtirok etib, uning yakunlariga koʻra Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.

Asosiy mavzular