03:13 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Premyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey v Londone. 24 maya 2019

Tereza Mey oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qildi

REUTERS/Toby Melville
Siyosat
Havola olish
254 0 0

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Konservativ partiya yetakchisi lavozimini 7 iyun kuni tark etishi haqida eʼlon qildi

TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Kutilishicha, Mey 7 iyun kuni Konservativ partiya rahbari lavozimini tark etadi.

"Mey oʻzining bu qarorini YEIning Brexit boʻyicha taqdim etgan yangilangan kelishuvidan norozi boʻlgan partiyadoshlari, shu jumladan, vazirlar mahkamasi aʼzolari qistovi bilan eʼlon qilgan", - deyiladi xabarda.

Tereza Mey kim? >>>

Bu esa Mey mamlakat bosh vazirligi lavozimini ham tark etishi kerakligini anglatadi.

Ammo 7 iyun kuni lavozimdan ketishi kutilayotgan Mey iyun boshida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan AQSH prezidenti Donald Trampni toʻlaqonli bosh vazir sifatida qabul qilishi mumkin.

Yangi yetakchini saylash jarayoni rasman 7 iyundan keyin boshlanadi. Ayni damda Britaniya TIV sobiq rahbari Boris Jonson oʻz nomzodini ilgari surishi haqida eʼlon qilishga ulgurdi. Shuningdek, potentsial nomzodlar orasida Buyuk Britaniya TIV rahbari Jeremi Xant va IIV rahbari Sajid Javidlar bor.

Toki yangi yetakchi saylanmas ekan, bu jarayon odatda olti hafta vaqtni oladi, Mey vaqtincha bosh vazir lavozimini bajaruvchi sifatida qolishi ehtimolga yaqin.

Asosiy mavzular