12:25 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
2301 0 0

"Ushbu doktrinaning qabul qilinishi Rossiyani uloqtirish bilan teng. Uni endi hatto ushlab turishmayapti. Uni yoʻq qilishmoqda. Harbiy va iqtisodiy raqib sifatida", - dedi Morozov RIA Novostiga shanba kuni bergan intervyusida.

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot alyansning yangi harbiy strategiyasini qabul qilishga qaror qilgani va ushbu qaror "Rossiya tomonidan boʻlayotgan yadroviy tahdid hamda yangi chaqiriqlar" bilan bogʻliqligi haqida bayonot qildi.

Shtab rahbarlari yangi strategiyani tasdiqladilar, ammo kontseptsiyadagi yoʻnalishlar ochiqlangani yoʻq, chunki bu maxfiy hujjat, deb xabar qilgan RIA Novosti.

"NATOning yangi strategiyasi Rossiyani ham harbiy, ham iqtisodiy raqib sifatida yoʻq qilishga qaratilgan", - deydi Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qoʻmita aʼzosi Oleg Morozov.

"Ushbu doktrinaning qabul qilinishi Rossiyani uloqtirish bilan teng. Uni endi hatto jilovlashmayapti. Uni harbiy va iqtisodiy raqib sifatida yoʻq qilishmoqda", - dedi Morozov RIA Novostiga shanba kuni bergan intervyusida.

Alyans fikriga koʻra, Rossiya yadroviy poygani yutqazishi va iqtisodiy jihatdan tanazzulga uchrashi lozim. Bundan tashqari, NATO, RF hukumati oʻzgarishiga umid qilmoqda, deya fikrlaydi senator.

Sal oldin RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu NATO Rossiyani Gʻarb dunyosiga asosiy tahdid sifatida koʻrsatishga urinayotgani, shu bilan birga bunday "taqdimotlar" uydirmadan boshqa narsamasligi haqida aytgan edi. Shoygu soʻzlariga koʻra, alyansning Rossiya chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni oʻzlashtirishi, Qora va Boltiq dengizida faollikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy harakatlari "ziddiyatlar kuchayishiga olib kelmoqda va Rossiya tomonidan shunga mos javob harakatlarni talab etmoqda".

Asosiy mavzular