09:26 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
198 0 0

Medvedev Toshkentda Abdulla Aripov va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, energetika sohasidagi yirik loyihalarni muhokama qiladi.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 29-30 may kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Rossiya va Oʻzbekiston hukumat komissiyalari  majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Dmitriy Medvedev va Oʻzbekiston  bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlararo qoʻshma komissiyasining birinchi majlisini oʻtkazishadi. Tashrif doirasida Rossiya bosh vazirining Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuv davomida ikki davlat munosabatlarining savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-maʼrifiy va madaniy-gumanitar sohalardagi keng koʻlamli masalalar muhokama qilinadi.

Muzokaralarda, shuningdek, energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xoʻjaligi sohalarida yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham koʻrib chiqiladi.

Uchrashuvlar yakunida turli sohalarga taaluqli bir qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari ishtirokida qoʻshma komissiya 2018 yilning oktyabr oyida, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralaridan soʻng tuzilgan edi. Ushbu komissiyaning maqsadi ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishdir.

Asosiy mavzular