08:09 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Voyennoslujaщiy Britanskoy armii

"Tolibon" AQSH Afgʻonistondan tez orada qoʻshinlarini chiqarib ketishiga umid bogʻlamoqda

© Flickr / U.S. Army Europe Images
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
32510

Eslatib oʻtamiz, shu haftada afgʻon jamoatchiligi va siyosiy kuchlari, xususan, "Tolibon" harakati vakillari ham Moskvaga safar bilan kelganlar.

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. "Tolibon" harakati AQSH harakat vakillari bilan oʻtkazadigan muzokaralarning keyingi raundida Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqarishi haqida eʼlon qilishiga umid bildirmoqda", dedi jurnalistlarga toliblar matbuot kotibi Muhammad Soxayl Shaxin.

AQSH Doxadagi toliblar harakati siyosiy ofisi bilan muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralarning oldingi raundi mart oyida oʻtkazilgan boʻlib, yangi uchrashuv vaqti hali eʼlon qilingani yoʻq.

"Umid qilamizki, amerikaliklar bilan oʻtkaziladigan muzokaralarning keyingi raundida ular AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini chiqarayotganini eʼlon qiladilar", - dedi u.

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi >>>

Shaxinning soʻzlariga koʻra, bu Afgʻonistondagi ichki nizolarni tartibga solishga imkon beradi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu haftada afgʻon jamoatchiligi va siyosiy kuchlari, xususan "Tolibon" harakati vakillari ham Moskvaga safar bilan kelganlar.

Moskvada afgʻonlararo muzokaralar ishtirokchilari barcha afgʻonlar boʻlajak hukumatda taqdim etilishlariga rozi ekanliklarini bildirishgan. Yangi hukumat mamlakatdagi inqiroz tartibga solingach shakllantirilishi rejalashtirilmoqda, dedi Shaxin.

Eslatib oʻtamiz, AQSH va uning ittifoqdoshlari 2001 yildan buyon Afgʻonistonda toliblar va boshqa uyushmalarga qarshi operatsiyalar oʻtkazib kelmoqda. Bu AQSH qurolli kuchlari tarixidagi eng uzoq harbiy kampaniyadir.

2018 yilda AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Janubiy Osiyodagi harakatlarning yangi strategiyasini taqdim etgan. U Afgʻonistondagi mojaroni tartibga solishda mintaqa mamlakatlarining faol ishtirokini nazarda tutadi.

Yevropa Ittifoqi Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarini jalb qiladi >>>

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular