04:06 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Predsedatel KNR Si Tszinpin v aeroportu Gamburga

Si Tszinpin davlat tashrifi bilan Bishkek va Dushanbega kelmoqda

REUTERS / Axel Schmidt
Siyosat
Havola olish
307 0 0

Si Tszinpin 12 – 16 iyun kunlari Qirgʻiziston va Tojikistonga tashrif buyuradi.  

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpin 12-16 iyun kunlari Qirgʻiziston va Tojikistonga tashrif buyurib Shanxay hamkorligi tashkiloti sammitida ishtirok etadi, deb xabar qildi Xitoy TIVi, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hamda Tojikiston prezidenti Emomal Raxmon taklifiga asosan XXR rasi Si Tszinpin 12-16 iyun kunlari ushbu ikki respublikaga davlat tashrifi bilan keladi. Shuningdek u Bishkekda boʻlib oʻtadigan 19 - SHHT yetakchilari uchrashuvi hamda Dushanbeda boʻlib oʻtadigan  5 - Osiyo mamlakatlarining oʻzaro hamkorlik va ishonch kengashi (SVMDA) majlisida ishtirok etadi”, - dedi Xitoy tashqi ishlari vaziri oʻrinbosari Chjan Xanxuey.

Xitoy vazirining soʻzlariga koʻra, ushbu tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda hamda “bitta belbogʻ bitta yoʻl” strategiyasini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Maʼlumot uchun SHHT – 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib bugungi kunda unga Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kiradi. 2017 yilning 9 iyunida Ostonada boʻlib oʻtgan majlisda tashkilotga Hindiston va Pokistonni ham qabul qilish haqida kelishib olingan edi. Tashkilot bilan shuningdek, Afgʻoniston, Belorussiya, Eron i Moʻgʻuliston – kuzatuvchi, Ozayerbaydjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – hamkor maqomiga egadir.

Asosiy mavzular