20:00 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shavkat Mirziyoyev i Kasыm-Jomart Tokayev otkrыli goda Kazaxstana v Uzbekistane

Mirziyoyev Tokayevni ishonchli gʻalaba bilan tabrikladi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
139 0 0

Prezidentlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor taʼkidladilar.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qasim-Jomart Tokayevni kecha boʻlib oʻtgan Qozogʻiston prezidenti saylovida ishonchli gʻalabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

“Saylov natijalari Qozogʻiston xalqi Qasim-Jomart Toqayevni keng qoʻllab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, uning mamlakat barqaror taraqqiyotiga va xalqaro nufuzini oshirishga hissasini yuksak baholashini yana bir bor namoyish etgani, amalga oshirilayotgan siyosat va eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil davom ettirilishiga qatʼiy ishonchning ifodasi boʻlgani alohida taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.

Qozogʻiston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi Oʻzbekistonga ilk davlat tashrifi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga oʻzaro intilishning tasdigʻi boʻlib, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi surʼat bagʻishlagani qayd etildi.

Suhbat chogʻida Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlikka doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Kelgusidagi, jumladan, koʻp tomonlama tashkilotlar tadbirlari doirasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqildi. 

Prezidentlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor taʼkidladilar.

Asosiy mavzular