13:25 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Natalia Seliverstova
Siyosat
Havola olish
150 0 0

Oʻzbekiston prezidentining Yaponiyaga ilk tashrifi 2019 yil kuzida amalga oshishi mumkin.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi, bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Sputnik muxbiriga xabar qildi.

“Yaponiya juda rivojlangan davlat. Oʻzbekiston mustaqilikka erishganidan beri aloqalar barqaror rivojlanib kelayapti. Bizning iqtisodiy islohotlarimizni Yaponiya hukumati qoʻllab-quvvatlamoqda.

“Biz hozir yaponiya bilan (prezident tashrifni - tahr.) muhokama qilayapmiz. Yaponiya tomon ham Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrifiga juda katta qiziqish bilan qarayapti. Kuzda Yaponiyaga tashrif boʻladi”, - deb javob berdi Ilhom Neʼmatov, prezidentning Yaponiyaga tashrifi haqida berilgan savolga.  

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Yaponiya orasida bugungi kunda koʻplab sohalarda aloqa oʻrnatilgan. Bu madaniyat, taʼlim va iqtisodiy aloqalar. Yaponiyaning yuqori texnologiyali kompaniyalari Oʻzbekistonda issiqlik elektr stantsiyalari uchun uskunalar yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.

Asosiy mavzular