03:15 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Shavkat Mirziyoyev otbыl v Arabskiye Emiratы

Mirziyoyev Bishkekda qaysi masalalarni muhokama qiladi?

UzA
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
506 0 0

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahriga joʻnab ketdi. 

“Sammitda aʼzo mamlakatlar oʻrtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi”, - deyiladi xabarda.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi,  tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi moʻljallangan. 

Shuningdek, prezidentning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.

SHHTga aʼzo mamlakatlar rahbarlari kengashi majlisi Bishkekda 13-14 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular