23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Politolog Yuriy Svetov

Siyosatshunos: Tehron ustidan hukmronlik qilishlariga toqat qilmaydi

Foto iz lichnogo arxiva Yuriya Svetova
Siyosat
Havola olish
296 0 0

Siyosatshunos Yuriy Svetovning soʻzlariga koʻra, Vashington va Tehron oʻrtasidagi muzokaralar Trampning juda qattiq pozitsiyasi va Eron hukumatining murosasizligi tufayli tez orada boʻlib oʻtmaydi.

Ekspert Yevropaning tobora faol pozitsiyasi sababli muzokaralar jarayonida baʼzi siljishlar kuzatilishi ehtimolini istisno qilmadi. Biroq Tramp Yevropa ittifoqi unga Eronni oxirigacha siquvga olishiga yoʻl qoʻymasligidan qoʻrqadi, shuning uchun muzokaralar oʻtkazishga tayyor, boshqa tarafdan esa Vashington hech qanday majburiyatni oʻz zimmasiga olmaydi.

“Ultimatum – bu odatdagi amerika muzokaralar tizimi: biz sizdan talab qilamiz, qachon ijro qilsangiz, oʻshanda muzokaralar oʻtkazamiz. Yaʼni AQSH hech qanday majburiyatni oʻz zimmasiga olmaydi. Eronliklarga ularning hayotidagi asosiy baxt ular bilan amerikaliklar suhbatlashgan vaqt deb tushuntirilgan. Lekin Eron – suveren mamlakat, qadimiy siyosiy madaniyatga ega boʻlgan mamlakat va bu yerda diktatorlik oʻtmaydi”, - dedi siyosatshunos Sputnik radio efirida.

Shu bilan birga, siyosatshunos  Eronning Amerika shartlari bir qismini ijro etishi Rossiya uchun foydali boʻladi deb hisoblaydi, ammo bu oʻz ustidan hukmronlik oʻtkazishlariga toqat qilishga tayyor boʻlgan mamlakat emas.

Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan poʻpisa qildi

“Oʻylashimcha, Tramp, Pompeo va Eron hukumatlarining yaqin oradagi muzokaralarini kutish kerak emas. Suquvga dosh bera olmagan Meksika varianti bu yerda ish berishi dargumon”, - deya xulosa qildi siyosatshunos.

Eron qoʻshni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

Asosiy mavzular