04:36 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kыrgыzstana

Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta KR
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
337 0 0

Shavkat Mirziyoyev SHHTning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Qirgʻizistonga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev SHHTning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Qirgʻizistonga tashrif buyurdi.

Ikki davlat prezidentlari xalqaro kun tartibidagi masalalar boʻyicha fikr almashdi. Shuningdek, yetakchilar koʻp qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kыrgыzstana
Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kыrgыzstana

SHHTga aʼzo davlatlar kengashi 14 iyungacha oʻtkaziladi.

Sammitda aʼzo mamlakatlar oʻrtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi moʻljallangan. 

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular