07:33 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Proyekt AES v Uzbekistane

Oʻzbekiston parlamenti atom energiyasi toʻgʻrisidagi loyihani qayta koʻrib chiqadi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Siyosat
Havola olish
305 0 0

Qisqa muddatda qayta ishlab chiqilgan hujjat loyihasi ikkinchi oʻqishga qaytadan kiritiladi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ikkinchi oʻqishda Qonun loyihasini moddama - modda koʻrib chiqish jarayonida ayrim meʼyorlarni kuchaytirish, davlat boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlarini yanada aniqlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

“Loyihada toʻgʻridan–toʻgʻri taʼsir meʼyorlarini belgilash maqsadida, maxsus Ishchi guruh tarkibi shakllantirildi va qisqa muddatda qayta ishlab chiqilgan hujjat loyihasi ikkinchi oʻqishga qaytadan kiritiladi”, - deyiladi “Oʻzatom” xabarida.

Oʻzbekistonda “Rosatom” Oʻzbekistonda qurayotgan birinchi AES 2028 yilda qurib bitkaziladi. Uning ikkita blokining umumiy quvvati - 2,4 gigavatt-soatni tashkil qiladi. Bir yilda ushbu elektr stantsiya 17,4 milliarda kVt/soat energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.

Asosiy mavzular