20:46 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani.

Ashraf Gʻani Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Press-slujba prezidenta RU
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
518 0 0

Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. SHHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Mirziyoyev turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni roʻyobga chiqarishning amaliy masalalari koʻrib chiqildi.

“Prezident Ashraf Gʻani Afgʻonistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi faol saʼy-harakatlari uchun davlati rahbariga minnatdorlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Bishkekdagi SHHTga aʼzo davlatlar kengashi 14 iyungacha oʻtkaziladi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular